загрузка...
Приветствую Вас Гость 5, 05.12.2016, 15:32 | RSS
 
 
Категории
Наш опрос
 
Sizning jinsingiz?
Всего ответов: 725
 

УЗБЕК КИНО 2016
   

Статистика
 

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
 

Главная » 2016 » Август » 14 » Nargiz Zokirova nega Ruslan Sharipovni tashlab ketgan ?


17:06
Nargiz Zokirova nega Ruslan Sharipovni tashlab ketgan ?

Nargiz Zokirova nega Ruslan Sharipovni tashlab ketgan ?


Ko‘pchilik er-xotin bitta sohada ishlasa, bir-birini tushunadi, kezi kelganda qo‘llab-quvvatlaydi deb o‘ylaydi. Qarangki, ba’zan oila mustahkamligini bir sohada faoliyat yuritish ham , qiziqishlar o‘xshashligi ham saqlab qololmas ekan…

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va Klara Jalilovaning oila qurganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Sababi yosh oila uzoq vaqt o‘tmay ajrashib ketgan. Ijodkorlar oilasini Furqat ismli o‘g‘illari ham saqlab qololmagan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nilufar Saidova hamda bastakor Sultonali Rahmatovning oila qurgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Iqtidorli ijodkorlar o‘n yilga yaqin birga yashab, qandaydir sabab bilan ajrashib ketishdi. Hatto Farina va Safina ismli qizaloqlar ham oila mustahkamligini ta’minlay olmadi.

O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorovning ilk turmush o‘rtog‘i kimligini bilasizmi? U aktrisa Maryam Ixtiyorova bilan turmush qurgan. Ularning Xumora ismli qizlari ham bor. Ammo bu ikki ijodkor ham ko‘p vaqt o‘tmay ajrashgan. Maryam Ixtiyorova qaynotasining iltimosiga binoan kelinlik familiyasidan voz kechmagan.

Bugungi kunda AQSHda yashab, Rossiyada ijod qilayotgan, minglab muxlislar qalbini zabt etgan, Zokirovlar sulolasi davomchisi Nargiz Zokirova o‘zbek xonandasi Ruslan Sharipov bilan oila qurgan edi. O‘sha yillari ikki ijodkor baxtdan sarmast bo‘lib, hatto rus tilida "Nikoh uzugi” nomli qo‘shiqni ham ijro etishgandi. Ko‘p o‘tmay esa ajrashishga qiror qilishadi. Ularning qizi Sabina Toshboyeva ham AQSHda oila qurib, farzandli bo‘lgan.

Rayhon va Yigitali Mamajonovning oila qurganidan ko‘ra, ajrashishi ko‘proq shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ular allaqachon ajrashgan bo‘lsa-da, ammo shaxsiy hayotlari hamon ommaning diqqat markazida. Muhokamayu mish-mishlar davom etayotir. Yigitali ikki o‘g‘liga bo‘lgan mehrini faqat ijtimoiy tarmoqlar orqaligina izhor etadi.

Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning shov-shuvli to‘yi yodingizdami? Ikki ijodkorning visol oqshomi yorqin lahzalarga boy bo‘lgandi. Afsuski, bu ikki yosh allaqachon bir-biridan ayro yashaydi. Ammo ular hozirgacha rasman ajrashmagan. Qaniydi, qizlari Leyla uchun yarashib, to‘kis oila bo‘lib yashashsa…


загрузка...

Категория: Yulduzlar/ xaqida | Просмотров: 110 | Добавил: DJ_ABU_95 | Теги: Nargiz Zokirova nega Ruslan Sharipo | Рейтинг: 4.7/3
 
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:
Вход на сайт
 
 

Поиск
 
 

Календарь
 
«  Август 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
 

Мини-чат
 
 

НОВИНКИ MP3
   


 
 

карта сайта